Вторник, 15.07.2025, 17:58

Приветствую Вас Гость | RSS
Xush keibsiz !
ГлавнаяРегистрацияВход
Меню сайта

Наш опрос
Saytni baxolang
Всего ответов: 153

Главная » 2007 » Март » 30 » Jozef Blatter O'zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan uchrashdi.
Jozef Blatter O'zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan uchrashdi.
13:08

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29 mart kuni Oqsaroyda FIFA prezidenti Yozef Blatterni qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, futbolni rivojlantirishda ushbu nufuzli tashkilot bilan hamkorlik muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

- Biz Sizni nafaqat FIFA prezidenti, balki milliy va xalqaro futbol rivojiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan yetuk arbob sifatida ham yaxshi bilamiz, - dedi Islom Karimov.

Butun dunyoda futbol bilan bog‘liq jarayonlarni boshqarish uchun yagona bir tashkilot tuzish zarurati o‘tgan asr boshlarida paydo bo‘lgan edi. Futbol musobaqalari ko‘payib, ommaviylashib borishi natijasida 1904 yil 21 may kuni Parijda Xalqaro futbol federatsiyasi - FIFAga asos solindi. Tashkilot 1930 yili Urugvayda futbol bo‘yicha birinchi jahon chempionatini o‘tkazdi. Ikkinchi jahon urushi davrini hisobga olmaganda shundan buyon har to‘rt yilda jahon birinchiligi tashkil etib kelinmoqda.

FIFA sportni, jumladan, futbolni ommalashtirish va rivojlantirish borasida O‘zbekiston qo‘lga kiritayotgan yutuqlarni yuksak qadrlaydi. Zero, istiqlol yillarida o‘zbek futboli taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tarildi. Prezident Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda sportning barcha turlari singari futbolni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 1996 yilning 17 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 1996 yilning 13 martida «Futbolni rivojlantirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilayotir. Natijada yurtimizning barcha viloyat, shahar va tumanlarida futbolni rivojlantirishga e’tibor kuchaydi. Yoshlar, ayniqsa, bolalarning sportning bu ommaviy turi bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Futbolni rivojlantirish va sportchilar kamoloti borasida ko‘rsatilayotgan ana shunday e’tibor va g‘amxo‘rlik o‘z samarasini bermoqda. Mamlakatimiz futbol jamoalari xalqaro musobaqalarda ko‘plab sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqdalar. 1994 yili futbolchilarimiz Yaponiyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgani buning yorqin dalilidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 1 may kuni qabul qilingan «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori yurtimizda futbolni yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘layotir. Davlatimiz rahbarining sport, jumladan, bolalar sporti rivojiga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi shahar va qishloqlarimizda qad rostlayotgan zamonaviy sport majmualarida ham o‘z ifodasini topmoqda. Albatta, bu e’tibor zamirida sog‘lom avlodni voyaga yetkazishdek xayrli maqsad mujassamdir.

Yozef Blatter 2004 yili ham O‘zbekistonga kelgan edi. Bu safar unga Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Muhamad Xammam Al-Abdulla hamrohlik qilmoqda. Ularning yurtimizga tashrifi asnosida "Gol-1" loyihasi doirasida O‘zbekiston futbol federatsiyasining yangi binosi, sun’iy gazonli stadion foydalanishga topshirildi.

Islom Karimov O‘zbekistonda futbol dasturlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan ulkan hissasi, yosh sog‘lom avlodni shakllantirishdagi ishtiroki hamda xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi samarali faoliyati uchun Yozef Blatterga "Do‘stlik" ordenini, Muhamad Xammam Al-Abdullaga "Shuhrat" medalini topshirdi.

Mehmonlar yuksak e’tibor uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdilar.

Oqsaroydagi uchrashuvda O‘zbekiston futbol federatsiyasi bilan FIFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Просмотров: 1423 | Добавил: Realist | Рейтинг: 5.0/1 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Форма входа

Календарь новостей
«  Март 2007  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Поиск

Друзья сайта


Copyright MyCorp © 2025